» » O‘zbekistonda tadbirkorlar bojxona yuk deklaratsiyalarini internet orqali to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘ldi

O‘zbekistonda tadbirkorlar bojxona yuk deklaratsiyalarini internet orqali to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoniga muvofiq endi tadbirkorlar internet yordamida bojxona yuk deklaratsiyalarini o‘z ofislaridan chiqmasdan turib, mustaqil ravishda to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, bunga qadar tovarlarni O‘zbekistonga olib kirmoqchi yoki eksport qilmoqchi bo‘lgan tadbirkor bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirib berish va bojxona idoralariga taqdim etish uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab bojxona brokerlari va bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar ko‘magidan foydalanishga majbur edi.

Endi esa Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan beriladigan elektron raqamli imzoga ega bo‘lgan har bir tadbirkor buni amalga oshirishga to‘la haqli. Buning uchun u elektron raqamli imzo yordamida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  yoki Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga  kirib, dastlab o‘z tashkiloti nomidan tovarlarni deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi. Shundan so‘ng “Deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati” interaktiv xizmatidan foydalangan holda bojxona yuk deklaratsiyalarini real vaqt rejimida to‘ldirib, bojxona organlariga taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют