» » “O‘zbekenergo” AJda “Eng faol yosh energetik” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekenergo” AJda “Eng faol yosh energetik” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi


“O‘zbekenergo” AJda “Eng faol yosh energetik” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov korxonalarda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, taraqqiyotga xizmat qiluvchi innovatsion g‘oyalar, ilmiy-texnik loyihalar, ixtirolar va takliflar bilan faol, iqtidorli yosh mutaxassislarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi, deb yozadi O‘zA.

Tanlovning birinchi bosqichida korxona va tashkilotlardan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislardan 120 nafarga yaqini ishtirok etdi. Tanlovning respublika bosqichiga ular orasidan eng munosib deb topilgan 19 nafari tanlab olindi. Ishtirokchilar taqdim etgan innovatsion loyihalarning asosiy qismi energiya tejamkorligiga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular orasidan eng saralari tanlab olindi.

Tanlovning yakuniy bosqichini o‘tkazish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi yig‘ilishining xulosasiga ko‘ra 1-o‘ringa “Yangi Angren IES” AJ xodimi Aziz Rahmonov munosib topildi. 2-o‘rin “Navoiy IES” AJ xodimi Aslon Aslonov, 3-o‘rin “O‘zelektrtarmoq” UK xodimi Umidjon Baratovga nasib etdi.

Tanlov g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют