» » Meksikada futbol bo‘yicha JCh-2018 o‘yinini tomosha qilish uchun to‘plangan 6 kishi o‘ldirildi

Meksikada futbol bo‘yicha JCh-2018 o‘yinini tomosha qilish uchun to‘plangan 6 kishi o‘ldirildi


Meksikaning Syudad-Xuares shahrida milliy terma jamoaning futbol bo‘yicha JCh-2018 da Janubiy Koreya bilan o‘yinini tomosha qilish uchun to‘plangan 6 kishi o‘ldirildi. Bu haqda La Vanguardia xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, 6 nafar og‘ayni garajdagi televizor qarshisida o‘yinni kuzatish uchun yig‘ilganda bu yerga noma’lum qurolli shaxslar bostirib kirib, ularga qarata o‘q uzadi.

Qo‘shnilar politsiyani chaqirdi, biroq jinoyatchilarni topishga hozircha muvaffaq bo‘linmadi. Huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.

Ma’lumot uchun, Syudad-Xuares mamlakatning eng xavfli shaharlaridan biri bo‘lib, iyun oyining shu kunigacha bu yerda 116 ta qasddan qotillik sodir etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют