» » Qozog‘istonda 2 avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda 2 avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi


Qozog‘iston janubidagi Turkiston viloyatida ikki avtomobilning to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda 25-iyun, dushanba kuni viloyat politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Yo‘l-transport hodisasi 25-iyun kuni Olmaota—Toshkent—Termiz avtoyo‘lining 733-kilometrida yuz berdi.

“Mazda yengil avtomobili Ssang Yong’ning orqa qismiga kelib urilgan. YTH oqibatida uch kishi: Mazda haydovchisi va ikki nafar ayol voqea joyida vafot etgan. Ayollardan biri O‘zbekiston fuqarosidir. Shuningdek, to‘qqiz kishi turli shikastlanishlar bilan shifoxonaga yetkazilgan, ulardan — olti nafari O‘zbekiston respublikasi fuqarosi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ekspertizalar tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют