» » Afg‘oniston janubidagi janglarda 27 nafar tolib o‘ldirildi

Afg‘oniston janubidagi janglarda 27 nafar tolib o‘ldirildi


Afg‘oniston janubi va sharqidagi viloyatlarda hukumat qo‘shinlarining toliblar bilan og‘ir janglari kechmoqda. Ularda 27 nafar tolib o‘ldirilgan, 22 nafari jarohat olgan. Bu haqda 26-iyun kuni Afg‘on telegraf agentligi xabar bermoqda, deb yozadi EADaily.

Kuni kecha afg‘on qurolli kuchlari Zevalat, Tapi Tesha, Varsaku, Xaroti, Mashko qishlog‘i va Hoji Ne’mat tumanlariga havo va artilleriya zarbalarini berdi. Toliblar komandiri mulla Shafiqulla o‘ldirilganlar orasidan topilgan, yana bir komandir Qori Zarif yaralangan.

203-korpus matbuot xizmati tomonidan chop etilgan bayonotda ma’lum qilinishicha, havo va artilleriya zarbalari bir nechta qurol turlari va o‘q-dorilarning yo‘q qilinishiga olib kelgan.

203-korpus razvedka komandiri general Yosin Oriyon oshkor etilmagan vaziyatlarda halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют