» » Qadimgi odamlar saratonga chidamli bo‘lgani aniqlandi

Qadimgi odamlar saratonga chidamli bo‘lgani aniqlandi


Zamonaviy dunyoda saratonning paydo bo‘lish chastotasi qadimgi davrga qaraganda 100 marta ko‘proq. Bunday xulosaga mingdan ortiq qadimiy misrlikning qoldiqlarini o‘rgangan kanadalik olimlar keldi, deb ma’lum qilinadi International Journal of Paleopathology tomonidan.

Yoshi 2800—3000 va 1550—1950 yilni tashkil qiladigan qoldiqlarda saraton shishi izlari aniqlangan. Jami 1800 ta qoldiq topilgan, biroq ulardan faqat 1087 tasi suyaklarning morfologik tahlili uchun yaxshi saqlanib qolgan. Odamlarning jinsi bosh suyak shakli va o‘lchami asosida aniqlangan, yoshga esa tishlarning yemirilish darajasi va boshqa belgilar asosida aniqlik kiritilgan.

Suyaklarda saraton shishi rivojlanishiga xos bo‘lgan zararlanish izlari aniqlangan. Taxminan 30 yoshda vafot etgan erkakning skeletidagi qo‘l, yelka, umurtqa suyaklarida zararlanish izlari bo‘lgan. Olimlar erkakning jinsiy bezlar saratoni bilan og‘riganini taxmin qilgan.

Tadqiqotchilar fikricha, zamonaviy g‘arb mamlakatlarida hayot davomidagi saraton xavfi taxminan 50 foizni tashkil qiladi, ya’ni 1000 kishidan 500 tasida shunday xavf mavjud. Bu kasallikdan o‘lim xavfi esa 25 foizni tashkil qiladi. Qadimgi Misrda esa bu ko‘rsatkich 0,5 foiz, yani 1000 kishidan besh kishini tashkil qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют