» » Hindistonda qiruvchi samolyot halokatga uchradi

Hindistonda qiruvchi samolyot halokatga uchradi


Hindistonning Maxarashtra shtatida mamlakat harbiy-havo kuchlariga topshirishdan oldin sinovdan o‘tkazilayotgan Su-30MKI qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ikkala uchuvchi ham muvaffaqiyatli tarzda katapultadan foydalanib, omon qolgan. Hodisa oqibatida yerda halok bo‘lgan va jabrlanganlar haqida ham ma’lumot yo‘q.

Ta’kidlanishicha, qurolli kuchlarga qabul qilingan 1990-yillar oxiridan buyon kamida sakkizta Su-30MKI halokatga uchragan.

Hindistonga 12 milliard dollarlik shartnoma doirasida Rossiyadan 240 ta Su-30MKI qiruvchisi yetkazib berilgan. Jami bo‘lib esa 272 ta samolyot xarid qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют