» » O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov Rashitjon Qodirov ishi haqida: “Raqamlar juda katta”

O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov Rashitjon Qodirov ishi haqida: “Raqamlar juda katta”


Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida nutq so‘zlagan O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi haqida gapirdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Otabek Murodovning aytishicha, Rashidjon Qodirov ishi doirasida qamoqqa olinganlar ham, garov evaziga ozod qilinganlar ham bor. Bosh prokuror ayblanuvchilarni ozodlikdan mahrum etish asosiy maqsad hisoblanmasligini ma’lum qildi (Bosh prokuraturada 5-iyun kuni o‘tkazilgan brifingda jami 24 kishiga nisbatan ayblov e’lon qilingani, 21 kishi qamoqqa olingani haqida axborot berilgandi).

“Bizning maqsadimiz — ularni qamash emas. Biz buni aholiga yetkazishimiz kerak. Bu davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning siyosati. To‘rt nafar boshqa mas’ul shaxslar ko‘rilgan zarani qopladi. Olganini qaytardi. Shuning uchun biz ularni garov evaziga hibsdan ozod etdik. Ular yuqori lavozimlarda faoliyat yuritadigan shaxslar”, — deydi Otabek Murodov.

Bosh prokuror tergov sirini hisobga olgan holda ishga aloqador hamma ma’lumotlarni oshkor qilib bo‘lmasligini, biroq tergov tugashi bilan aholi sodir etilgan jinoyatlardan xabardor qilinishini aytib o‘tgan.

“Albatta vaqti kelib tergov tugaydi, biz ishga oid ma’lumotlarni maksimal tarzda oshkor etamiz: Qancha pul o‘g‘irlangan, ular nima ishlar qilgan, qanaqa poralar olgan — talon taroj qilingan mablag‘ miqdori juda katta”, — deydi Otabek Murodov.

Rashitjon Qodirov 2000—2015-yillarda O‘zbekiston bosh prokurori bo‘lgan, 2015—2017-yillarda esa u konstitutsiyaviy sud sudyasi etib tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi shu yilning fevral oyida Rashitjon Qodirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют