» » Senatorlar yangi tahrirdagi Osimliklar karantini togrisidagi qonunni maqulladi

Senatorlar yangi tahrirdagi Osimliklar karantini togrisidagi qonunni maqulladi


28-iyun kuni ish boshlagan Oliy Majlis Senatining on beshinchi yalpi majlisida senatorlar Osimliklar karantini togrisidagi qonunni korib chiqdi. Bu haqda Daryo muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Qonunda osimliklar karantini sohasidagi davlat siyosatining asosiy yonalishlari, davlat nazoratini amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tashqi va ichki osimliklar karantini boyicha tadbirlar tizimini amalga oshirish, fitosanitar xavfsizlikni taminlash, osimliklar karantini sohasida samarali monitoring olib borish kozda tutilgan.

Qonun Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mahalliy davlat hokimiyati organlarining osimliklar karantini sohasidagi vakolatlarini nazarda tutuvchi normalar bilan toldirilmoqda.

Senatorlarning takidlashicha, mazkur qonun osimliklar karantini sohasidagi munosabatlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, karantin xizmati faoliyatiga zamonaviy xorijiy texnologiyalarni va ishlash usullarini joriy etish, osimliklar karantini davlat inspeksiyasi masul xodimlarining majburiyatlarini aniq belgilash imkonini beradi.

Qonun 8 ta bob va 34 ta moddadan iborat.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-06-2018, 20:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -