» » Onlayn: Senatorlar “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi

Onlayn: Senatorlar “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi


Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar bermoqda.

Qonun bo‘yicha senator Boymatjon Rasulov ma’ruza qildi. Ushbu qonun 5 ta bob va 32 ta moddadan iborat bo‘lib, ularda qonunning maqsadi, vazifalari, asosiy tushunchalar, ekstremizmning oldini olish, unga qarshi kurashishning prinsiplari, yo‘nalishlari, usullari, mas’ul davlat organlari doirasi va ularning vakolatlari, ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik hamda xalqaro hamkorlik masalalari nazarda tutilmoqda.

Jumladan, qonunning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, uning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning ekstremizmdan xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlash hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют