» » Ekspert: O‘zbekiston banknotlarni tangalarga almashtirib, budjet mablag‘larini tejaydi

Ekspert: O‘zbekiston banknotlarni tangalarga almashtirib, budjet mablag‘larini tejaydi


Rossiya Bonistlar (muomaladan chiqqan pul belgilari va bonalarni o‘rganuvchi olimlar) ittifoqi eksperti, Qog‘oz-pul moamalasi yodgorliklarini o‘rganish markazi a’zosi Roman Leonov O‘zbekistonga yangi tangalar nima sababdan kerakligi haqida gapirdi, deb yozadi Sputnik.

Uning aytishicha, mayda nominaldagi qog‘oz pullarning tangalarga almashtirilishi, birinchi navbatda, banknotlarni chop etishga ketadigan budjet pullarini iqtisod qilishga qaratilgan.

“Rossiyada 1997-yilda besh rubl nominalli qog‘oz pul belgilari bor edi. Bugun ular to‘liq tangalar bilan almashtirilgan. Xuddi shu tarzda qog‘oz o‘n rublliklar ham muomaladan chiqarildi”, — dedi Leonov.

Ekspert tangalarning yaroqlilik muddati qariyb 20 yil ekanligiga, mayda pul kupyuralari esa 6—8 oydan keyin yaroqsiz bo‘lib qolishiga e’tibor qaratdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 2-iyuldan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilishini e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют