» » Farg‘onaning ba’zi hududlarida “Obod qishloq” dasturi sustkashlik bilan amalga oshirilayotgani tanqid qilindi

Farg‘onaning ba’zi hududlarida “Obod qishloq” dasturi sustkashlik bilan amalga oshirilayotgani tanqid qilindi


Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Zarkent” va “Yangiyo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ba’zi salbiy holatlarga mutasaddilar nega ko‘z yummoqda? Yoki “Obod qishloq” dasturi bu yerda nomigagina amalga oshirilmoqdami? — deb yozadi O‘zA.

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyatining 15 tumanidagi 30 mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida 163,3 milliard so‘m o‘zlashtirilishi hisobiga 10 ming 768 uy-joyni ta’mirlash, 78 kilometr ichimlik suv va 99,3 kilometr elektr tarmog‘i tortish, 934 tozalash inshooti qazish, 123,6 kilometr xo‘jaliklararo va ichki yo‘llarni, mavjud transformatorlarni ta’mirlash, 98 ijtimoiy, 268 bozor infratuzilma obyektlarini qurish va ta’mirlash kabi ishlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan.

Xususan, Toshloq tumanidagi “Zarkent” va “Yangiyo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida bu borada ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar asosida tegishli ishlar bajarilmoqda. Shu kunga qadar 170 ko‘cha chiroqlari o‘rnatildi, 15 transformator ta’mirdan chiqarildi, bir qator ko‘chalarga asfalt yotqizildi. Shuningdek, ko‘chalardagi pana-pastqam, ko‘rimsiz uy-joylar buzilib, yangilanmoqda, zamonaviy maishiy xizmat shoxobchalari qad rostlamoqda.

Afsuski, “Obod qishloq” dasturi asosidagi ishlar mazkur hududlarda sustkashlik bilan amalga oshirilmoqda. Aholini ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan masalalarga hanuz aniq yechim topilmagan, deyiladi xabarda.

Chunonchi, “Zarkent” mahalla fuqarolar yig‘ini Oybek ko‘chasidagi holat mutasaddilarni umuman qiziqtirmaydi. Ko‘cha asfalti ta’mirga muhtoj, ichimlik suvi yo‘q.

Shu ko‘chada yashovchi Qimmatxon G‘ofurovaning aytishicha, xonadoniga suyultirilgan gaz ballonini olishda qiynalmoqda. 13-maktabgacha ta’lim muassasasi ham xaroba ahvolga kelib qolgan. Eng yomoni, hududdagi ovqatlanish shoxobchalari sanitariya-gigiyena talablariga umuman javob bermaydi. Xususiy tadbirkor Shahobiddin Jalolovga qarashli ovqatlanish shoxobchasidan chiqayotgan oqova suv shundoq ariqqa oqizib qo‘yilgan. Atrofga tarqalayotgan badbo‘y hid aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Zarkent aloqa bo‘limining hududi ham achinarli ahvolda.

Shuningdek, “Yangiyo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmagan. 11-umumta’lim maktabi ta’mirlashga kiritilgan bo‘lib, “Quvasoytexmontaj” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish ishlari sust bajarilmoqda. Katta yo‘l bo‘yidagi fuqaro Sh.Eminovga qarashli hudud esa butkul qarovsiz holga kelib qolgan.

Nima, mutasaddilar bu ahvoldan bexabarmi? Yo hali-hamon “bizga shu ham bo‘laveradi” qabilida ish tutyaptimikan? — deyiladi maqola so‘ngida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют