» » Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga tashrif buyurdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga tashrif buyurdi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrif buyurib, “Ibrohim ota” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu mahallada 19 ta ikki qavatli va 4 ta to‘rt qavatli uy joylashgan. Ular 1960-yillarda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham eskirgan.

Shu kabi mahallalar qiyofasini yangilash maqsadida kuni kecha “Obod mahalla” dasturi qabul qilindi. “Ibrohim ota” mahallasi ham mazkur dasturga kiritilgan. Unga muvofiq, barcha ko‘p qavatli uylar, ko‘cha va yo‘laklar ta’mirlanib, hudud obodonlashtirilmoqda. 7 ta ikki qavatli arzon uy-joy, zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi qurilmoqda.

Shuningdek, namunaviy loyiha asosida mahalla guzari, kommunal to‘lovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Prezident uyma-uy yurib, har bir oilaning talab-istaklarini o‘rganish, muammosi bo‘lsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ishchi joylar yaratish zarurligini ta’kidladi.

“Bu yerdagi odamlarning ham bola-chaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatdagi o‘zgarishlarni, qabul qilinayotgan dasturlar natijasini odamlar o‘z uyida sezishi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют