» » O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan salkam 17 mln so‘mlik “Neft” to‘xtatib qolindi

O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan salkam 17 mln so‘mlik “Neft” to‘xtatib qolindi


Bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishning amaldagi tartiblariga ko‘ra, jismoniy shaxslar O‘zbekistonga alkogol mahsulotlari, jumladan, pivoni 2 litrgacha bojsiz olib kirishi mumkin. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ammo so‘nggi vaqtlarda ayrim fuqarolar tomonidan ushbu me’yorlarga rioya qilmaslik holatlari uchramoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Olmaota—Nukus” yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan poyezd yo‘lovchilaridan birining yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yuklar orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan salkam 80 litr turli xil pivo ichimliklari borligini aniqlandi.

Shuningdek, mazkur post xodimlari “Moskva—Andijon” poyezdi yo‘lovchilarining yuklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida yo‘lovchilardan birining yuklari orasiga 48 dona salkam 40 litr hajmdagi “Neft” aroqlari yashirilganligini fosh qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur alkogolli ichimliklarning umumiy qiymati 16,8 million so‘mni tashkil etar ekan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют