» » Turkiyada qurbonlikka keltirilgan bolalar mozori topildi

Turkiyada qurbonlikka keltirilgan bolalar mozori topildi


Arxeologlar guruhi Turkiya hududida qurbonlikk keltirilgan bolalar mozoriga duch keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

London tabiatshunoslik muzeyi axborotiga ko‘ra, Bashur Xayuk qo‘rg‘oni atrofidan kamida 11 bolaning qoldiqlari bo‘lgan uchta qabr topilgan. O‘ldirilgan vaqti bu bolalar kamida 11 yoshda bo‘lgan.

Arxeologlar ushbu topilma miloddan avvalgi to‘rtinchi asr boshi — uchinchi asr oxiriga mansub deb hisoblamoqda.

Qadimshunoslarning qayd etishicha, mozorda qimmatbaho dafn anjomlari topilgan. Shuningdek, qabrlar naqshlar bilan bezatilgan bo‘lgan.

“Bu bolalar tasodifan yoki tabiiy yo‘l bilan o‘lmaganini tasdiqlovchi turli dalillar bor. Katta ehtimol bilan, ular qurbonlikka keltirilgan”, — deb hisoblaydi qazilma ishlari rahbari Brenn Xassett.

Jasadlarning tartib bilan joylashtirilgani va kuch ishlatib o‘ldirish alomatlari borligi bu bolalar qurbonlikka keltirilganini tasdiqlaydi.

Arxeologning so‘zlariga ko‘ra, kamida ikki qurbon o‘limi arafasida turli tan jarohatlari olgan. Uning aytishicha, qadimda bunday qurbonlikka hokimiyatga egalikni, qudratni namoyish etish maqsadida bajarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют