» » Afg‘oniston harbiy aviatsiyasi “Tolibon”ning 12 jangarisini yo‘q qildi

Afg‘oniston harbiy aviatsiyasi “Tolibon”ning 12 jangarisini yo‘q qildi


Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarining aviazarbalari oqibatida “Tolibon” harakatining kamida 12 nafar jangarisi halok bo‘lgan, yana 18 nafari tan jarohati olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Tolo News telekanali axborotiga ko‘ra, aviazarbalar Badgis viloyatining Javand tumanidagi “Tolibon” marralarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya doirasida berilgan.

Avvalroq, 30-iyun kuni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani “Tolibon” harakati bilan erishilgan o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi sulhning amal qilishi yakuniga yetgani va hukumat kuchlari o‘z jangovar operatsiyalarini qaytadan boshlaganini e’lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ramazon Hayiti munosabati bilan Afg‘oniston prezidenti 11—19 iyun kunlari bir tomonlama sulh e’lon qilgan edi. Bunga javoban “Tolibon” harakati ham uch kunga o‘t ochishni to‘xtatishini ma’lum qilgandi.

Keyinchalik Afg‘oniston hukumati sulhni yana 10 kunga uzaytirishi haqida e’lon qildi. “Tolibon” esa, o‘z navbatida, ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash niyatida emasligini bildirgan edi.

Qayd etish joiz, 30 iyunga o‘tar kechasi “Tolibon” kuchlari Tojikiston bilan chegaradagi Oyxonum portini egallab olgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют