» » Fransiyada hayvonot bog‘idan qochib ketgan kenguru ikki oydan so‘ng topildi

Fransiyada hayvonot bog‘idan qochib ketgan kenguru ikki oydan so‘ng topildi


Fransiyadagi Sen-Marten-la-Plen hayvonot bog‘idan qochib ketgan vallabi kengurusi oradan ikki oy o‘tibgina topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, kenguru “to‘siqdagi teshikdan foydalanib”, 5-may kuni hayvonot bog‘idan qochib ketgan. Uni 29 iyun kuni Lion yaqinidagi sport maydonchasidan topishgan — mahalliy aholi jonivorni tutish uchun darhol jandarmlar va hayvonot bog‘i xodimlarini chaqirgan.

Bog‘ xodimi Romen Kayoning so‘zlariga ko‘ra, kenguru o‘zini yaxshi his qilyapti. “U menga biroz qaqragandek ko‘rindi, lekin yilning bu faslida u yeyish uchun yetarli miqdorda maysa topa olgan bo‘lsa kerak. Dushanba kuni uni veterinar ko‘zdan kechiradi”, — dedi u.

Kayoning qo‘shimcha qilishicha, hayvonot bog‘idan qochib ketgan bo‘lsa-da, bu kenguru mahalliy aholiga hech bir xavf solmagan. “Uning o‘zidan boshqa hech kimga xavf bo‘lmagan — uni, masalan, mashina urib ketishi mumkin edi”, — deya qayd etdi bog‘ xodimi.

Qayd etishlaricha, hayvonot bog‘ida qochoq vallabidan tashqari yana 22 ta kenguru bor edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 00:18)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют