» » Toshkent shahrida 23 yoshli yigit Lacetti mashinasida uydan chiqib ketib, qaytib kelmadi

Toshkent shahrida 23 yoshli yigit Lacetti mashinasida uydan chiqib ketib, qaytib kelmadi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi Nodir Musayev IIBga o‘g‘lining yo‘qolgani yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Arizachiga ko‘ra, joriy yilning 14-iyun kuni soat 17:00 atrofida o‘g‘li, 1995-yilda tug‘ilgan Doniyor Mirsaidov 10 L 709 LA davlat raqamli Lacetti rusumli mashinasida uydan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Hozirda Doniyor Mirsaidovni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

Doniyor Mirsaidov yoki uning boshqaruvidagi avtomobil haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan zudlik bilan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga xabar berish yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют