» » Samarqandda “Yoshlar kuni”da 32 ta yosh oilaga uy berildi

Samarqandda “Yoshlar kuni”da 32 ta yosh oilaga uy berildi


Samarqandda bu yil ilk bor o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” nishonlandi, deb yozmoqda O‘zA.

Istirohat bog‘lari va xiyobonlarida yoshlar sayillari o‘tkazildi.

Harbiy qismlarda “Vatan himoyasi – yuksak mas’uliyat” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

Samarqand viloyati hokimligida Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi a’zolari ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv viloyatning barcha tuman va shaharlari bilan videoselektor tarzida tashkil etildi.

Prezidentning bayram tabrigini Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘qib eshittirdi.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar – Samarqand shahridagi “Registon Kamoljon” xususiy korxonasi rahbari Kamoljon Alikov va Respublika olimpiya zaxiralari kolleji 3-bosqich o‘quvchisi Ilhom Bahromovga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti topshirildi.

Samarqand tumanidagi 32 ta yosh oilaga yangi uylarning kaliti topshirildi. Viloyatning barcha tuman va shaharlarida 5 tadan kam ta’minlangan, ijtimoiy hayotda faol yoshlarning namunaviy nikoh to‘ylari o‘tkazildi.

Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют