» » Navoiy viloyati hokimi yosh olimlar klubiga 150 million so‘m ajratdi

Navoiy viloyati hokimi yosh olimlar klubiga 150 million so‘m ajratdi


Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov bir guruh faol yoshlar bilan uchrashib, ularning innovatsion g‘oyalari, tashabbuslarini o‘rgandi, muammolarini tingladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Karmana tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi viloyatdagi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yangi g‘oyalari, tashabbus va intilishlarini rag‘batlantirish bilan boshlandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi huzurida faoliyat yuritib kelayotgan “Yosh olimlar” klubiga joriy yil boshida viloyat hokimi 65 million so‘m ajratgan edi. Navbatdagi uchrashuvda mazkur klub rahbari, Karmana tumanidagi 21-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi, yosh ixtirochi Humoyun Haydarovga Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da bo‘lajak olimlarga ajratilgan va to‘liq jihozlangan xona kaliti hamda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million so‘m taqdim etildi.

Ko‘tarinki kayfiyatda boshlangan uchrashuv ochiq muloqot tarzida davom etib, bir qancha muammolar, takliflar o‘rtaga tashlandi. Unda Navoiy va Zarafshon shaharlari, Karmana, Navbahor, Nurota, Uchquduq, Tomdi, Konimex tumanlaridan kelgan o‘quvchi va talabalar, tadbirkorlar, uyushmagan yoshlar o‘z muammolarini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют