» » Andijon shahar hokimi bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi

Andijon shahar hokimi bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi


Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev bir guruh talabalar, faol va iste’dodli o‘quvchilar bilan uchrashdi, deb xabar beradi O‘zA.

Uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlarning maqsad va intilishlarini rag‘batlantirish, muammolarini hal etishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish masalalariga qaratildi.

Tadbirda Andijon shahridagi “Cho‘lpon” kinoteatri o‘rnida barpo etilayotgan “Yoshlar markazi” eng zamonaviy texnologik vositalar, jihozlar bilan ta’minlanib, kelgusida yoshlarning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishiga ko‘maklashadigan maskanga aylanishi ta’kidlandi.

“‘Kamolot’ yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tayyorlanayotgan hujjat loyihasi muhokama qilindi. Loyihada harakat faollari uchun qator imtiyoz va imkoniyatlar berish belgilangani yoshlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют