» » Hindistonda to‘yga qizg‘in tayyorlanayotgan oila to‘satdan o‘lik holda topildi

Hindistonda to‘yga qizg‘in tayyorlanayotgan oila to‘satdan o‘lik holda topildi


Hindiston poytaxti Nyu-Dehli chekkasidagi Berari tumanida 11 kishidan iborat oila o‘z uyida o‘lik holda topildi, deb yozadi South China Morning Post. Ular sirli holatda vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, o‘n kishi hovlida osilgan holda topilgan, barchasining ko‘zlari bog‘langan bo‘lgan. Jasadlarda o‘q izlari bo‘lmagan, shuningdek, uyga bostirib kirish belgilari ham aniqlanmagan. Ayni paytda politsiya hodisa o‘z joniga qasd qilish bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlashga urinmoqda. O‘lim oldidan yozilgan xatlar ham topilmagan.

Marhumlarning ko‘pchiligi birga yashagan, oila bu uyda 20 yildan ortiq istiqomat qilgan. Uy faner sexi va sut fermasiga egalik qiluvchi tadbirkorga tegishli bo‘lgan. U ham marhumlar orasida bo‘lgan. Jasadlarni 1-iyul kuni odatda tadbirkor bilan tonggi sayrlarga birga chiqadigan tanishi ko‘rib qolgan.

Qo‘shnilarning aytishicha, so‘nggi kunlarda oila to‘yga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rgan. Ular oila a’zolari ahil yashaganini aytdi. Ular hech qanday stress belgilarini payqamagani, oila o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin emasligini qayd etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют