» » Samarqand viloyatini rivojlantirish chora-tadbirlariga 5 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Samarqand viloyatini rivojlantirish chora-tadbirlariga 5 mlrd so‘m yo‘naltiriladi


Hukumat qarori bilan 2018—2019-yillarda Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qabul qilingan dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlik loyihalari manzilli ro‘yxati;

Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli ro‘yxati;

Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli ro‘yxati;

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va irrigatsiya tizimini yanada rivojlantirish tadbirlari;

Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini yanada yaxshilash tadbirlari;

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash tadbirlari.

Dastur doirasida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qiymati 4 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 203 ta, qishloq xo‘jaligini asosiy tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qiymati 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 130 ta loyiha amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют