» » Yomg‘ir chuvalchanglarining ajdodlari Yerdagi birinchi global iqlim isishini keltirib chiqargani aniqlandi

Yomg‘ir chuvalchanglarining ajdodlari Yerdagi birinchi global iqlim isishini keltirib chiqargani aniqlandi


Dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar Yerning birlamchi okeani tubida yig‘ilgan organik moddalarning ulkan zaxirasini yo‘q qilib yuborgan. Bu esa taxminan 500 million yil avval kuchli global iqlim isishini keltirib chiqargan. Bu haqda Nature Communications jurnaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Jurnalda qayd etilishicha, okean tubida yomg‘ir chuvalchangi kabi doimiy ravishda uni “qayta ag‘daradigan” jonzotlar mavjud. Tuproq bioturbatsiyasi mavjud bo‘lmagan o‘sha davrda ularning paydo bo‘lishi Yerning butun qiyofasini tubdan o‘zgartirib yuborgan bo‘lishi kerak.

Zamonaviy hayvonlar guruhlarining katta qismi 540—520 million yil avval — ko‘p hujayrali mavjudotlar sonining oshishi va evolutsiyaning tezlashishi yuz bergan “kembriy portlashi” davrida paydo bo‘lgan. O‘sha vaqtda chuvalchanglar, hasharotlar, baliqlar va boshqa umurtqali hayvonlarning ajdodlari paydo bo‘lgan.

Olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, yuz millionlab yillar davomida okean tubida yig‘ilgan organik moddalar yomg‘ir chuvalchanglariga o‘xshash hayvonlarning dastlabki ajdodlari tomonidan to‘laligicha “yeb qo‘yilgan”.

Natijada nafaqat tuproq va suvning ostki qatlamlari tarkibi, balki Yerning ulkan miqdordagi uglerod gazlari, metan va boshqa issiqxona gazlari tushadigan atmosferasining tarkibi ham keskin o‘zgarib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют