» » Farg'ona shahar hokimi Shavkatjon Erkaboyev jurnalistlar bilan uchrashishni istamadi

Farg'ona shahar hokimi Shavkatjon Erkaboyev jurnalistlar bilan uchrashishni istamadi


Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi Matbuot markazida Farg‘ona shahridagi sektorlar faoliyati tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi mas’ul xodimi Umidaxon Mirzamatova xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori va Farg‘ona viloyati hokimi tasdiqlagan rejaga asosan o‘tkazilgan matbuot anjumanida viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari, respublika matbuotining viloyatdagi muxbirlari, internet saytlarining sharhlovchilari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida Farg‘ona shahar hokimi, 1-sektor rahbari Shavkatjon Erkaboyevning o‘ziga biriktirilgan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq bilan muloqot qilish, sektordagi mavjud muammo-kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berishi rejalashtirilgan edi. Biroq bir necha bor yozma va og‘zaki tarzda taklif etilishiga qaramasdan, shahar hokimi Shavkatjon Erkaboyev mazkur matbuot anjumanida qatnashish va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishni istamadi.

Ma’lumot uchun, respublika Hisob palatasi vakillaridan iborat ishchi guruhi Farg‘ona shahridagi 4 ta sektor faoliyatini o‘rganishi ortidan mahalliy televideniye, O‘zA va “Daryo” internet nashrida shahar hokimi Shavkatjon Erkaboyev mas’ul bo‘lgan sektordagi mavjud kamchiliklar va aholi muammolari yuzasidan tanqidiy maqolalar e’lon qilingan edi.

Matbuot anjumanida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda OAVlarining oldida turgan birlamchi vazifalar belgilab olindi. Davlat dasturi targ‘ibotini samarali yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi tashabbusi bilan yangi axborot veb-saytini ochishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют