» » 1-yanvardan O‘zbekistonga qanday mahsulotlarni olib kirish ancha arzonlashadi?

1-yanvardan O‘zbekistonga qanday mahsulotlarni olib kirish ancha arzonlashadi?


1-yanvardan O‘zbekistonda yangi import bojxona bojlari stavkalari kuchga kiradi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibiga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ilovada ko‘zda tutilgan, deb yozadi Spot.

Yangi stavkalarning amaldagilardan asosiy farqi shundaki, deyarli barcha pozitsiyalar bo‘yicha stavkalar sezilarli ravishda pasaygan, ammo ba’zi mahsulotlarga nisbatan alohida darajada pasaytirilgan.

Masalan, hozir 100 yildan qadimiyroq antikvariat, pochta markalari, asl nusxadagi o‘yma naqshlar yoki bir og‘izli qurol uchun qiymatining 30 foiziga teng boj to‘lash kerak. 1-yanvardan nol stavka bo‘ladi. Hozir velosipedlarga 20% stavka belgilangan, 1-yanvardan u ham nol qiymatda bo‘ladi.

Shuningdek, video namoyish qilish yoki yozish uchun mo‘ljallangan apparatura (hozir 10—20% stavka), elektr ustara (10%), changyutgich (15%), sovitgich va muzlatgichlar (30%), konditsioner (30%)ga nisbatan ham 1-yanvardan nol stavka belgilanadi. Kir yuvish mashinalari (20%) uchun stavka 5 foizga tushiriladi.

Bijuteriya va tangalar olib kirish ham arzonlashadi (hozir 30%, 1-yanvardan 20% stavka), shuningdek, deyarli barcha kiyim-kechaklar uchun hozirgi 20—30 foizlik stavka (donasiga 1—4 dollardan kam emas) 1-yanvardan 5—10 foizgacha tushadi.

Farmatsevtika moddalari singdirilgan yoki qoplangan va formalarga qadoqlangan paxta, doka, bint uchun bojlar hozirgi 30 foizdan 10 foizgacha pasaytiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют