» » O‘zbekistonlik o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar xalqaro musobaqada 3-o‘rinni egallashdi

O‘zbekistonlik o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar xalqaro musobaqada 3-o‘rinni egallashdi


Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda O‘zA.

Musobaqada Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Turkiya, O‘zbekiston vakillari va terma jamoalari ishtirok etdi.

Musobaqada qatnashchilar ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, o‘t o‘chiruvchilar estafetasi hamda o‘t o‘chirish motopompasidan jangovar yoyilish bo‘yicha bellashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish shartida hamda 6 nafar a’zosi 100 metrga to‘siqlar osha yugurish shartida “Sport ustasi” me’yorlarini bajardi.

Umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Belarus, ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston hamda uchinchi o‘rinni O‘zbekiston terma jamoalari qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik qatnashchilar 21 ta bronza medali hamda 3 ta kubok bilan mukofotlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют