» » Boks. O‘zbekistonlik harbiy sportchilar Olmaotadagi xalqaro turnirda 8 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘ringa ega chiqdi (foto)

Boks. O‘zbekistonlik harbiy sportchilar Olmaotadagi xalqaro turnirda 8 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘ringa ega chiqdi (foto)


Qozog‘istonning Olmaota shahrida general Sag‘adat Nurmag‘ambetov xotirasiga bag‘ishlangan boks bo‘yicha Xalqaro turnirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Xalqaro turnirda ishtirok etgan 6 mamlakat (Qozig‘iston, Rossiya, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston)ning 130 nafar harbiy sportchilari o‘zaro kuch sinashdi. An’anaviy xotira turnirida O‘zbekiston sharafini 10 nafar sportchi himoya qildi.

Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilardan Abdullo Qo‘chqorov (56 kg) hamda Madiyor Sayidrahimovlar (+91 kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hasanboy Latipoxunov (52 kg), Shukur Rahimov (60 kg) va Bobousmon Botirov (69 kg) turnirning kumush medallari bilan taqdirlandi. Broza medallariga esa Jahongir Rasulov (64 kg), Odiljon Aslonov (75 kg) va Kozimbek Mardonovlar (81 kg) tomonidan ega chiqildi.

Umumjamoa hisobi bo‘yicha turnir mezbonlari birinchi, O‘zbekiston ikkinchi va Rossiya esa uchinchi o‘rinni egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют