» » Qirg‘izistondagi xalqaro boks turnirida O‘zbekistonning uchinchi tarkibi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Qirg‘izistondagi xalqaro boks turnirida O‘zbekistonning uchinchi tarkibi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi


O‘zbekiston boks federatsiyasi terma jamoaning uchinchi tarkibini Qirg‘izistondagi Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag‘ishlangan turnirga yuborgani aytilgandi. 41-bor tashkil etilgan musobaqada zaxira bokschilari bilan ishtirok etgan O‘zbekiston termasi umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi.

-49 kg: Nodir Mirzaahmedov — Mirlan Turkbay uulu (Qirg‘iziston)

Shu tariqa o‘zbekistonlik uch bokschi oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nodir Mirzaahmedov finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yana ikki sportchi esa bronza uchun janglarni o‘z foydasiga hal qildi.

150 nafarga yaqin bokschi ishtirok etgan turnirda mezbon Qirg‘iziston termasi 100 ga yaqin sportchisi bilan qatnashdi. Yakunda ular 7 ta oltin, 8 ta kumush va 10 ta bronza medaliga ega chiqdi. Tojikiston va Qozog‘istonning natijasi teng bo‘ldi: 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza. Rossiyaliklar medal ola bilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют