» » Eron Trampni beadab tvitlarini to‘xtatishga chaqirdi

Eron Trampni beadab tvitlarini to‘xtatishga chaqirdi


Eronning Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotidagi (OPEK) vakillari AQSh prezidenti Donald Trampni o‘z Twitter sahifasidagi beadab tvitlarini bas qilishga chaqirdi. Tramp so‘nggi kunlarda tvitlari orqali neft narxini tushirish uchun uni ko‘proq qazib olishga chaqirmoqda. Bu haqda EADaily xabar berdi.

OPEKdagi Eron delegatsiyasi rahbari Husayn Kozimpur Ardabilning so‘zlariga ko‘ra, Trampning chaqiruvlari teskari natija bermoqda, ya’ni neft narxi oshmoqda. Bu o‘sish so‘nggi kunlarda 10 dollarni tashkil qilgan.

Bir kun avval Tramp Twitter’da yana post qoldirib, unda OPEK kam ish qilayotganini aytgan va mazkur tashkilot ozgina imkoniyat bo‘lganda ham narx izidan quvishini qo‘shimcha qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют