» » Tanzila Norboyeva: Samarqandlik singlimizga qilingan qo‘pol munosabatni ayol sifatida, qo‘mita rahbari sifatida keskin qoralayman

Tanzila Norboyeva: Samarqandlik singlimizga qilingan qo‘pol munosabatni ayol sifatida, qo‘mita rahbari sifatida keskin qoralayman


O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Tanzila Norboyeva Kattaqo‘rg‘onda ichki ishlar xodimi tomonidan ayol kishi tahqirlanganiga  navbatdagi munosabatini bildirdi.

“Hurmatli yurtdoshlar! Samarqandlik singlimizga qilingan qo‘pol munosabatni men ayol sifatida, Qo‘mita rahbari sifatida keskin qoralayman. Shu kimsaning jazolanish jarayonini albatta shaxsiy nazoratimga olaman. Sud jarayonida ham albatta vakillarimizning qatnashib, Ayol sha’nini himoya qilinishini ta’minlayman. Bunday holat qaytarilmasligi yuzasidan ichki ishlar vazirligi bilan muzokaralar tashkil qilinishini ma’lum qilaman”, — deyiladi Norboyevaning Facebook’dagi sahifasida qoldirilgan postda.

Tanzila Norboyevaning ijtimoiy tarmoqdagi avvalgi chiqishi, xususan, undagi “Bu holat mutlaqo ichki ishlar idoralari faoliyatiga daxldor emas” degan jumla ko‘pchilikda taajjub uyg‘otgandi. Bu galgi munosabat ham bundan xoli bo‘lmadi.

Foydalanuvchilardan biri “muzokaralar bilan ish bitmasligi”ni ta’kidlasa, boshqasi Kattaqo‘rg‘onda oldinroq Diana Yenikeyeva halok bo‘lgani, Xotin-qizlar qo‘mitasi esa bunga hech qanday munosabat bildirmaganini eslatgan.

Yana bir foydalanuvchi “Bu qo‘pol munosabat emas, balki o‘ta noinsoniy qilmish. Agar shundaylar jazolanmay qolsa, jamiyatda adolatsizlik avj oladi”, deya Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga tuzatish kiritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 1) ( 59) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...