» » DTM O‘zbekistonda test sinovlarini o‘tkazishning yakuniy mexanizmlarini 15-iyuldan so‘ng e’lon qiladi

DTM O‘zbekistonda test sinovlarini o‘tkazishning yakuniy mexanizmlarini 15-iyuldan so‘ng e’lon qiladi


Davlat test markazi O‘zbekistonda test sinovlarini o‘tkazishning yakuniy mexanizmlarini 15-iyuldan so‘ng e’lon qiladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Bu yil mamlakat tarixida ilk bor test sinovlari bir kunda — 1-avgustda emas, balki mazkur sanadan 15-avgustga qadar o‘tkaziladi. Imtihonlar ikki smenada bo‘lib o‘tadi: biri ertalab 8:00 da, ikkinchisi esa 15:00 da boshlanadi.

Ko‘plab abituriyentlar va ularning ota-onalarida “Bu kunlar oliy o‘quv yurtlari yoki yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanadimi? Aytaylik, 1-avgust kuni faqat shifokorlar, 2-avgust kuni huquqshunoslar imtihon topshiradimi?” kabi savollar tug‘ilmoqda.

DTM boshqarma boshlig‘i Sevara Zufarxo‘jayevaga ko‘ra, test sinovlarini o‘tkazishning mufassal mexanizmlari markaz saytida 15-iyul — abituriyentlardan hujjat qabul qilinishi yakunlanganidan so‘ng e’lon qilinadi.

“Bu yil mamlakat oliy o‘quv yurtlariga 810 mingdan oshiq abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda. Biroq bu faqat taxmin. 15-iyuldan keyin necha nafar abituriyent va qaysi o‘quv yurtlari, yo‘nalishlarga hujjat topshirganini tahlil qilamiz. Natijada testlar o‘tkazish uchun qancha bino kerakligi, abituriyentlarni qanday taqsimlash zarurligi aniq bo‘ladi”, — dedi Sevara Zufarxo‘jayeva.

DTM vakilining aniqlik kiritishicha, yakuniy mexanizm Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va shundan so‘ng markaz saytida e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют