» » Riannani urgan qo‘shiqchi Kris Braun Floridada qo‘lga olindi

Riannani urgan qo‘shiqchi Kris Braun Floridada qo‘lga olindi


Taniqli amerikalik qo‘shiqchi Kris Braun Florida shtatidagi Uest-Palm-Bich shahrida 5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan konsertidan so‘ng politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, ular avvalroq qo‘shni okrug prokurori tomonidan berilgan order asosida harakat qilgan. TMZ tomonidan taxmin qilinishicha, qo‘lga olishga Braunning o‘tgan yili Floridaning Tampa shahridagi tungi klubda fotografga hujum qilgani sabab bo‘lgan.

Qo‘shiqchi doimiy ravishda huquqni muhofaza qilish idoralari nazoratida turadi. Braun 2009-yilda taniqli qo‘shiqchi Riannaning yigiti bo‘lgan vaqtda uni urgani uchun besh yilga shartli qamoq jazosiga hukm qilingan va olti oylik jamoat ishlari jazosi tayinlangan.

2016-yilda Braun kechalardan birida mushtumzo‘rlik qilgani uchun qo‘lga olingan. Bir necha ou oldin unga nisbatan nomusga tegish bilan bog‘liq ish ochilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют