» » Afg‘onistonning Balx davlat universtitetiga o‘zbek tili va adabiyoti darsliklari topshirildi

Afg‘onistonning Balx davlat universtitetiga o‘zbek tili va adabiyoti darsliklari topshirildi


“O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishiga oid 20 nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanmalari to‘plami Balx davlat universiteti ma’muriyatiga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Mozori-Sharifdagi bosh konsuli M.Abdurazzoqov mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Balx davlat universiteti rektori A.Haqiq O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonga ko‘rsatilayotgan beg‘araz yordam uchun minnatdorlik bildirdi. “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishiga oid kitoblarning taqdim etilishi o‘zbek va afg‘on xalqi o‘rtasidagi asriy va azaliy bo‘lgan adabiy yaqinlikning yana bir ifodasi ekanini qayd etdi.

Bugun Termizda faoliyat yuritayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 100 ga yaqin afg‘onistonlik yoshlar ta’lim olmoqda. Ta’lim dargohi axborot-resurs markazi siyosiy, ijtimoiy-gumanitar, texnika yo‘nalishidagi fanlar bo‘yicha darslik va qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlar, O‘zbekistonda ishlangan 50 dan ortiq badiiy va hujjatli film, audioto‘plamlar bilan ta’minlangan.

Muloqot chog‘ida afg‘on yoshlari O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish, kasbiy mahoratini oshirish istagida ekanini ma’lum qildi. Xususan, Balx davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari O‘zbekistonda magistratura kurslarida o‘qish, Balx davlat universiteti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Tadbirda doirasida o‘zbek tili va adabiyoti o‘quv darsliklari va qo‘llanmalari, qo‘shimcha adabiyotlar, elektron kitoblar, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi chog‘idagi nutqining ingliz va fors tillarida chop etilgan broshyuralari, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari bibiliografiyasi va boshqa ko‘plab ilmiy-ommabop adabiyotlar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют