» » Huawei Buxoroda “Xavfsiz turizm” loyihasini amalga oshirishga kirishdi

Huawei Buxoroda “Xavfsiz turizm” loyihasini amalga oshirishga kirishdi


Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ko‘magida Buxoro shahrida “Xavfsiz turizm” pilot loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shaharga safari davomida kompaniyaning yetakchi menejerlari viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi va turizmni rivojlantirish boshqarmasi mutasaddilari bilan uchrashdi.

Kompaniya bosh direktori Van Penga ko‘ra, “Xavfsiz turizm” loyihasi doirasida mutasaddilarga yangi terminallar, face-recognition funksiyasiga ega bo‘lgan aqlli videokameralar, LTE diapazonida ishlovchi bazaviy stansiyalar taqdim etildi. Bu loyihaning amalga oshirilishi jamoat xavfsizligi vakillariga shahar va o‘z resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, sayyohlar xavfsizligini monitoring qilishga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют