» » Samarqandda Spark beton to‘siqqa borib urildi. Toshkentlik haydovchining ayoli va farzandi halok bo‘ldi

Samarqandda Spark beton to‘siqqa borib urildi. Toshkentlik haydovchining ayoli va farzandi halok bo‘ldi


Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 7-iyul kuni ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni Toshkent shahri, Sergeli tumanida yashovchi A.A. Spark rusumli avtomashinasini “Samarqand—Buxoro” yo‘lining 42-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urildi.

Hodisa oqibatida A.A.ning yo‘lovchilari — turmush o‘rtog‘i va farzandi jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют