» » Ohangarondagi YTHda ikki ayol halok bo‘ldi. Ulardan biri 82 yoshni qarshilagandi

Ohangarondagi YTHda ikki ayol halok bo‘ldi. Ulardan biri 82 yoshni qarshilagandi


Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 14-aprel kuni 2 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni soat 13:00 atrofida Bekobod tumani, Istiqbol ko‘chasida yashovchi “Bekabad Ogneupor” O‘zbekiston-Qirg‘iziston qo‘shma korxonasi haydovchisi V.Bugayenko o‘ziga biriktirilgan Epica rusumli avtomobilni “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” yo‘lining 150-kilometrida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan M.Mirazimov boshqaruvidagi Nexia mashinasining orqa qismiga borib urildi.

YTH oqibatida haydovchisi V.Bugayenko va uning 2 nafar yo‘lovchisi hamda M.Mirazimov va uning 4 nafar yo‘lovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, Nexia yo‘lovchilari —1936-yilda tug‘ilgan O‘.Normuxamedova va 1963-yilda tug‘ilgan N.Erkaboyeva hayotdan ko‘z yumdi.

Mazkur hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют