» » Rossiyada samolyotda tug‘ilgan bolaga aviakompaniya sharafiga Uralbek deb ism qo‘yildi

Rossiyada samolyotda tug‘ilgan bolaga aviakompaniya sharafiga Uralbek deb ism qo‘yildi


Samolyot bortida ko‘zi yorigan qirg‘izistonlik ayol farzandiga aviakompaniya sharafiga Uralbek deb ism qo‘ydi, deb xabar beradi “24.kg”.

Rossiyaning “Uralskiye avialinii” kompaniyasi bortida eson-omon farzandini qo‘liga olgan Mahbuba Sermamatovaning oilasi shunday qarorga kelgan. Layner “O‘sh—Yekaterinburg” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan edi.

Mahbuba Sermamatovaning aytishicha, u farzandini avgust oyida dunyoga keltirishi kerak edi. Shuning uchun ham u hotirjam holda turmush o‘rtog‘i bilan samolyotga chiqqan.

Biroq samolyot havoga ko‘tarilganida unda to‘lg‘oq boshlangan. Bort kuzatuvchilari tug‘uruqni qabul qilgan. Og‘irligi 2,6 kilogramm va bo‘yi 47 santimetr bo‘lgan o‘g‘il bola sog‘lom dunyoga kelgan. Bu Mahbubaning ikkinchi o‘g‘li. Uning katta o‘g‘li 2,5 yoshda. Mahbuba bir necha yillardan beri oilasi bilan Chelyabinskda ishlab, yashab keladi. O‘shga ular ta’tilga kelgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют