» » Yekaterinburgdan Tbilisiga yo‘l olgan samolyot bortida yo‘lovchi olamdan o‘tdi

Yekaterinburgdan Tbilisiga yo‘l olgan samolyot bortida yo‘lovchi olamdan o‘tdi


Rossiyaning Yekaterinburg shahridan Gruziya poytaxti Tbilisiga yo‘l olgan “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasi samolyoti bortida yo‘lovchi olamdan o‘tdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“6-fevral, dushanba kuni kechki payt Yekaterinburg — Tbilisi yo‘nalishidagi reysni amalga oshirayotgan samolyot pasayishidan avval salomatligi cheklangan yo‘lovchining hamrohi unda nafas va tomir urishi alomatlari sezilmayotganini xabar qildi. Tbilisiga yetib kelinganidan so‘ng shifokorlar yo‘lovchining o‘limini qayd etdi”, — deya xabar berdi matbuot xizmati.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Ural transportdagi tergov boshqarmasi yuz bergan hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют