» » Samolyotda tug‘ilgan avstraliyalik 39 yildan buyon bepul parvoz qilish huquqidan foydalanmadi

Samolyotda tug‘ilgan avstraliyalik 39 yildan buyon bepul parvoz qilish huquqidan foydalanmadi


1978-yil 13-fevral kuni Yugoslaviyadan Avstraliyaga uchayotgan samolyot bortida yo‘lovchi ayolning ko‘zi yoridi. Bu aviatashuvlar tarixida bortda sodir bo‘lgan tug‘ruqlarning eng birinchilaridan edi, deb yozadi AdMe.

Makedoniyalik 18 yoshli Mariya Todev turmush o‘rtog‘i bilan ko‘rishish uchun Belgraddan Sidneyga parvoz qilayotgan samolyotga o‘tirdi. Qo‘nishga ikki soat qolganida homilador Mariyada qo‘qqisdan dard boshlandi, bort kuzatuvchilari va yo‘lovchilar unga yordamga shoshildi.

Bortda dunyoga kelgan chaqaloqqa JAT aviakompaniyasi (hozir AirSerbia) sharafiga Yatko deb ism qo‘yishdi, uchuvchining o‘zi uning cho‘qintirgan otasiga aylandi.

Yatko — tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining “tug‘ilgan joyi” degan qismida samolyot ko‘rsatilgan va umr bo‘yi JAT aviakompaniyasi samolyotlarida dunyoning istalgan nuqtasiga bepul uchish huquqiga ega bo‘lgan yagona inson.

Ammo 39 yil ichida Yatko biror marta ham o‘ziga berilgan hadyadan foydalanmadi. U dunyoning o‘zi istagan qismiga jo‘nashi mumkin edi, ammo Avstraliyada qolib, shu yerda yashashni afzal bildi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют