» » “O‘zagrokimyohimoya” dehqon va fermerlarga murojaat bilan chiqdi

“O‘zagrokimyohimoya” dehqon va fermerlarga murojaat bilan chiqdi


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi fermer va dehqonlar juda katta sinov davriga kelishdi. Dehqonchilikda o‘zi, oson ish yo‘q! Mana shu yil ham ob-havo harorati dehqonlarimiz parvarishlayotgan ekinlar uchun noqulay keldi, ayniqsa, paxta yetishtirish uchun vegetatsiya davrida kerakli harorat ololmay paxta rivoji bir necha kunga kech qolmoqda. Shu bilan birga ushbu ob-havo tabiatdagi biz yetishtirayotgan paxtaga jiddiy zarar keltiruvchi hasharot va zararkunandalar ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

O‘zbekistonning iqlim sharoiti qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga juda qulay bo‘lishi bilan bir qatorda, tabiatdagi hasharot va zararkunandalar yashashi uchun ham yaxshi muhit hisoblanadi.

Albatta, bu borada olimlar hamda soha mutaxassislari tomonidan hasharot va zararkunandalarga qarshi kurash choralari jiddiy o‘rganilib, o‘simlikka yetkazadigan ziyonining oldini olish yuzasidan biologik va kimyoviy himoya choralari bo‘yicha tavsiyalar belgilab berilgan.

Vaholanki, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi dehqon va fermerlarimiz ushbu tavsiyalarga ahamiyat bermay, o‘z ustida ishlamay qo‘yishdi. Oqibatda, zararkunandalarning o‘simliklarga zarar keltirishining oldini olish (profilaktika) bilan emas, balki zarar kelganidan so‘ng hasharotga qarshi kurashishmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, salbiy natijalarga, ya’ni katta mehnat va mablag‘ sarf qilib yetishtirilayotgan hosilning 30-40 foizini yo‘qotishga olib kelmoqda.

O‘zbekiston sharoitida paxta yetishtirishda asosiy zararkunandalar aniq bo‘lib, bular Kuzgi tunlam (ildiz qurti), shira, trips, o‘rgimchakkana, beda va g‘o‘za qandalasi hamda ko‘sak qurti hisoblanadi.

Hozirgi kunda paxtadagi hasharot va zararkunandalarga qarshi kurashish uchun “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati omborlarida barcha turdagi kimyoviy preparatlar zaxirasi mavjud va joylarda otryad usulida qarshi kurash ishlari olib borilmoqda.

Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda soha mutaxassislari, tegishli tashkilotlar va hurmatli fermerlar:

“Paxta yetishtirishda joylardagi hasharot va zararkunandalar tarqalgan o‘choq hududlar va konturlar sizlarga ma’lum. Tavsiya qilardikki, ushbu mavsum yilida va bundan buyon hasharotlarni ziyon keltirishi bilan emas, ziyon keltirguniga qadar (profilaktik) kimyoviy ishlovlarni o‘z vaqtida o‘tkazilishini tashkil qilaylik va mehnatimiz natijasini xirmonga to‘lib toshib ketadigan hosil bilan hamda xonadonlarimizdagi fayz-u-barakasida ko‘raylik”, deyiladi “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati murojaatida.

Ma’lumot uchun telefon raqamlari: (0-371) 200-09-11



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют