» » Yaponiyada jala oqibatida 104 kishi halok bo‘ldi

Yaponiyada jala oqibatida 104 kishi halok bo‘ldi


Yaponiyada jala oqibatida 104 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda The Japan Times’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Avvalroq Yaponiyada tabiiy ofat tufayli 81 kishining halok bo‘lgani ma’lum qilingan.

Yaponiyaning 19 ta prefekturasidan 5,9 million kishi evakuatsiya qilinadi. 30 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilinganlar uchun mo‘ljallangan maxsus markazlarda yashamoqda. Okayama prefekturasida 1 mingga yaqin kishi suv bosgan uylarning tomlarida jon saqlamoqda.

Shu paytga qadar 267 mingta bino va avtomobil yo‘llariga zarar yetgan. 11 ta prefekturada 17 ta temiryo‘l kompaniyasi 56 ta yo‘nalish bo‘yicha qatnovlarni to‘xtatgan.

7-iyul, shanba kuni Yaponiyaning g‘arbiy qismida kuzatilgan tayfundan keyin jala quyishni boshlagan. Natijada suv toshqinlari va yer ko‘chishlari sodir bo‘lgan. Yaponiya hukumati Xirosima, Okayama, Tottori, Xiogo va Kioto prefekturalarida favqulodda holat e’lon qilgan.

Avvalroq Yaponiyada jala tufayli kelib chiqqan suv toshqinlari hamda yer ko‘chishlari qurbonlari soni 81 kishiga yetgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют