» » S7 Airlines Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

S7 Airlines Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi


S7 Airlines (“Sibir”) aviakompaniyasi Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “Travel.ru” portali xabar berdi.

Aviayo‘nalish 3-avgust kuni ochiladi. Reyslar seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi, oktabrdan esa payshanba va yakshanba kunlari ham parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.

Aviakompaniya Airbus A320 hamda Airbus A319 samolyotlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda. Chipta narxlari bir tomonga 9 ming rubl yoki 1,120 million so‘m atrofida bo‘ladi.

Aprel o‘rtalarida S7 Toshkentdan Xabarovsk, Yujno-Saxalinsk, Vladivostok shaharlariga reyslarni yo‘lga qo‘ygandi. Aviatashuvlar kod-shering kelishuvi doirasida amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют