» » Xitoy AQSh qishloq xo‘jalik mahsulotlari o‘rniga O‘zbekistonnikini sotib ola boshlashi mumkin

Xitoy AQSh qishloq xo‘jalik mahsulotlari o‘rniga O‘zbekistonnikini sotib ola boshlashi mumkin


Pekindagi gilos eksportyori Chjao Syaoyu Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo urushi sababli O‘zbekiston va Turkiyadan gilos importini yo‘lga qo‘yishga olib kelishi mumkinligini aytdi, deb xabar beradi Sputnik.

Uning aytishicha, hozirda mavjud shartnomalar AQShdan gilos keltirish hajmini keskin kamayishiga olib kelmaydi. Lekin “agar vaziyat shunday davom etadigan bo‘lsa, biz O‘zbekiston va Turkiya mahsulotlariga murojaat qilamiz”, — dedi u.

6-iyul kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 25 % boj solish haqidagi qarori kuchga kirdi.

Pekin ham Amerikadan keltiriladigan gilos, soya, avtomobil, cho‘chqa go‘shti va boshqa mahsulotlarga boj kiritdi.

Vashington asosiy e’tiborni texnika mahsulotlariga, Pekin esa qishloq xo‘jalik mahsulotlariga qaratgan.

O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют