» » Termizda chiqindilarni saralab qabul qiluvchi “Bioshoxobcha” ish boshladi

Termizda chiqindilarni saralab qabul qiluvchi “Bioshoxobcha” ish boshladi


Termiz shahridagi Jayhun mahallasida “Bio Texno Eco” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan dastlabki chiqindi yig‘ish markazi – “Bioshoxobcha” foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Ayni paytda korxonada Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlaridagi maishiy chiqindilar to‘planib, saralanmoqda. Buning uchun chiqindi tashiydigan 90 dan ortiq avtotransport vositasi jalb etilgan. Kelgusida qayta ishlangan shisha chiqindisidan mozaika va plitkalar, foydalanilgan plastmassadan polietilen quvurlar, yog‘och chiqindisidan briket, qog‘oz chiqindisidan karton va qayta ishlangan qog‘oz, oziq-ovqat chiqindisidan biogaz va biogumis ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

“Bioshoxobcha” bir kecha-kunduzda 6 ming 500 tonna maishiy chiqindini qabul qilish quvvatiga ega. U mahalladagi 970 xonadon, 12 umumiy ovqatlanish va 21 maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtasidagi chiqindilarni to‘plashga mo‘ljallangan. To‘rt kishi mehnat qiladigan yangi inshootga videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, Termiz shahrida yana 20 ta ana shunday chiqindi yig‘ish markazi barpo etiladi. Termiz va Angor tumanlarida ham zamonaviy “Bioshoxobcha”lar qad rostlaydi. Qurilish chiqindisini obyektning o‘zidan olib ketish uchun maxsus qoplar tarqatish joriy etiladi.

Tadbir yakunida hududlarda “Toza shahar” shiori ostida targ‘ibot ishlari olib borayotgan va ekologik ozodalikni nazorat qiladigan bir guruh xodimlarga Damas rusumli yangi xizmat avtomashinalari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют