» » O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni saralab jamlash tizimiga o‘tiladi

O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni saralab jamlash tizimiga o‘tiladi


O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni saralab jamlash tizimiga o‘tiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Bu borada qabul qilingan qarorga muvofiq ikki oy mobaynida 2018—2021-yillarda maishiy chiqindilarni saralab jamlash tizimini ishga tushirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, 2018 -yilning 1-noyabridan esa qattiq chiqindilarni boshqarish borasida Milliy strategiya loyihasi tayyorlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasi yaratilmoqda. Oxirgi bir yarim yil ichida 9 ta shaharda 1,2 million tonnadan ortiq chiqindilarni jamlash, saralash, tashib chiqish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash bo‘yicha klasterlar ishga tushirildi.

Shuningdek, respublikada 13 ta “Toza hudud” hududiy unitar korxonasi va ularning 174 ta filiali tashkil qilinib, kerakli maxsus texnika bilan ta’minlandi. Natijada aholiga sanitar tozalash xizmatlari ko‘rsatish hajmi 10 baravar oshdi.

Aholi punktlarida 322 ta yangi turdagi chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurildi. Chiqindi jamlash punktlari 2652 ta zamonaviy konteyner bilan ta’minlandi, 97 ta qattiq maishiy chiqindi poligoni jihozlandi.

Qattiq maishiy chiqindilarni saralab jamlash tizimi turli rangdagi chiqindi konteynerlarini o‘rnatishni talab qiladi. Mazkur tizimni Toshkent shahrida 2012-yildan boshlab ishga tushirish mo‘ljallangandi, biroq reja hozirgacha amalga oshirilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют