» » Navoiyda yer osti chiqindi konteynerlari paydo bo‘ldi

Navoiyda yer osti chiqindi konteynerlari paydo bo‘ldi


Navoiydagi mitti tumanlardan biriga maishiy chiqindilarni to‘plash uchun yer osti konteynerlari tajriba sifatida o‘rnatildi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Naveco deb nom olgan loyiha “Berejlivost” (“Tejamkorlik”) xususiy ishlab chiqarish korxonasi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

Metall axlatdonlar yer ostida 2 metr chuqurlikda joylashgan. Ustiga eshiklari bo‘lgan ikkita ustun o‘rnatilgan, ularga oziq-ovqat va qattiq maishiy chiqindilarni alohida tashlash haqidagi yozuvlar tushirilgan. Axlat tashuvchi mashinaga ulanadigan ko‘tariluvchi mexanizm 1,5 daqiqada konteynerlarni yer yuzasiga chiqaradi va yana shaxtaga tushiradi.

Naveco loyihasini amalga oshirish uchun Navoiy hokimligi uchta mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan va 11 mingdan ortiq kishi yashaydigan 9-mitti tuman hududini ajratdi. Yer osti chiqindi baklari yettita joyga o‘rnatilgan. Axlatni chiqarib ketish uchun axlat tashuvchi mashina kreditga olingan. Ishchilar brigadasi har kuni hududni aylanib chiqadi.

“Berejlivost” korxonasi Karmana tumanida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha zavodni qurishga kirishdi. U 6 gektar maydonni egallaydi. Loyihaga 5,4 milliard so‘m ajratiladi. Zavod 2018-yil oxirigacha to‘liq foydalanishga topshiriladi.

Опубликовано: admin (3-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют