» » O‘zbekistonda aholini chiqindilarni tashib ketish xizmatlari bilan qamrab olish darajasi 93 foizgacha oshiriladi

O‘zbekistonda aholini chiqindilarni tashib ketish xizmatlari bilan qamrab olish darajasi 93 foizgacha oshiriladi


O‘zbekiston Prezidenti 21-aprel kuni “2017—2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qaror chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, munosib yashash sharoitlarini yaratish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilashga yo‘naltirilgan.

Qarorning rasmiy sharhida qayd etilishicha, hozirgi vaqtda mamlakatdagi chiqindilar to‘planadigan mavjud poligonlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena me’yorlariga to‘liq javob bermaydi. Aksariyat joylarda chiqindilar tartibsiz ravishda to‘planadigan punktlar hamon saqlanib qolmoqda va ular tutash hududlarning sanitariya-epidemiologiya holatini yomonlashtirib, yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishiga sharoit yaratmoqda.

Qarorga muvofiq, 2017-yilda O‘zbekiston shaharlaridagi sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalariga 237 ta maxsus texnika xarid qilish, 94 ta garaj qurish, qattiq maishiy chiqindilar uchun 168 ta elak qurilmalari o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Qattiq maishiy chiqindilar to‘planadigan 168 ta poligonni obodonlashtirish rejalashtirilgan.

Toshkent, Samarqand, Andijon va Namangan shaharlarida yirik loyihalarni amalga oshirishni o‘z ichiga olgan, 2017—2021-yillarda xalqaro moliya tashkilotlarining 161 million AQSh dollaridan ortiq mablag‘larini jalb etgan holda shaharlarda chiqindilarni to‘plash, tashib ketish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari ro‘yxati tasdiqlangan.

Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlaydigan texnologiyalarni joriy etish, jumladan, kelgusi ikki yilda Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini qurish ko‘zda tutilgan bo‘lib, mazkur loyihalarga 27 million AQSh dollaridan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.

Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va mazkur dasturlar amalga oshirilishini nazorat qilish, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida Respublika komissiyasi tashkil etilgan.

Umuman olganda, 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan dasturni moliyalashtirish uchun 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.

Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va chiqindi to‘planadigan punktlar va poligonlardan foydalanish “Maxsustrans” DUK vakolatida qoladi, hududlarda esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, shuningdek, viloyatlar Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmalari qoshida tashkil etiladigan “Toza hudud” korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.

Qarorda ko‘zda tutilgan loyihalarning amalga oshirilishi natijasida aholini qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari bilan qamrab olish darajasi 2021-yilgacha O‘zbekiston bo‘yicha 63 foizdan 93 foizga o‘sishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют