» » Toshkentning doimiy aholisi soni 2 mln 486 ming kishiga yetdi

Toshkentning doimiy aholisi soni 2 mln 486 ming kishiga yetdi


Toshkentning doimiy aholisi soni 2018-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha 2 million 485,9 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga asoslanib “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Yanvar-iyun oylarida 21 ming bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 17,1 promilleni tashkil etdi va 2017-yilga nisbatan 0,6 ga (2017-yilning mos davrida — 16,5 promille bo‘lgan) o‘sdi. Birinchi yarim yillikda 8 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, shundan 300 nafari 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soniga to‘g‘ri kelmoqda. O‘lim koeffitsiyenti 6,5 promilleni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 0,3 ga kamaydi (2017-yilning mos davrida — 6,8 promille bo‘lgan). Poytaxt aholisining tabiiy o‘sishi 13,0 ming kishini tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 1,3 ming kishiga o‘sishi (2017-yilning mos davrida 11,7 ming kishi bo‘lgan) kuzatildi.

FHDYo organlarida yanvar-iyun oylarida 7,7 mingta nikoh va 2 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi. 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 6,2 promilleni tashkil qilib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 0,5 ga o‘sdi (2017-yilning mos davrida — 5,7 promille bo‘lgan). Nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 1,7 promilleni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega (2017-yilning mos davrida 1,5 promille bo‘lgan) o‘sgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют