» » O‘zbekiston va Belarus Ichki ishlar vazirliklari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi

O‘zbekiston va Belarus Ichki ishlar vazirliklari o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi


Toshkent shahridagi “Turkiston” mehmonxonasining konferensiyalar zalida O‘zbekiston va Belarus Ichki ishlar vazirliklari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Unda Belarus Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Ivan Podgurskiy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuxamedov, vazirlikning bir qator boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar umumjinoyat hatti-harakatlariga qarshi kurashish va qidiruv ishlarini olib borish, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, narko xavf-xatarlarni bartaraf etish borasida o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va kelgusidagi istiqbollarini muhokama qildi.

Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh rahbarlari tomonidan 2018—2019-yillarda O‘zbekiston va Belarus Ichki ishlar vazirliklarining o‘zaro hamkorliklari to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют